Yordam markaziBiznes uchun

Top bizneslar reytingi

Top bizneslar ro'yxatida kim ko'proq to'lasa, o'sha yuqorida turadi: qanday chiqish, ko'tarilish va o'rinni saqlash.

Qanday ishlaydi

Top bizneslar ro'yxatining boshida to'lov qilgan bizneslar turadi — jami to'lagan summasi bo'yicha: kim ko'proq to'lasa, o'sha yuqorida. Summa teng bo'lsa, unga birinchi yetgan biznes oldinda. Qolgan bizneslar ulardan keyin reyting bo'yicha keladi.

Ro'yxatga kirish 500 000 so'mdan boshlanadi. Biror o'ringa chiqish uchun jami summangiz shu o'rindagi biznesnikidan kamida 50 000 so'm ko'p bo'lishi kerak.

O'rin muddatsiz: to'lagan summangiz sizda qoladi va hech qachon kuyib ketmaydi.

O'rin olish va ko'tarilish

  1. 1Kabinetda Top bo'limini oching va chiqmoqchi bo'lgan o'rinni tanlang.
  2. 2Narxni ko'ring: avval to'lagan bo'lsangiz, faqat farqni to'laysiz — jami summangiz shu o'rin narxiga yetadi.
  3. 3Karta bilan to'lang — SMS kod Paylov orqali keladi. To'lov tasdiqlangach, siz shu o'rindasiz. Taklif 15 daqiqa ichida to'lanmasa, bekor bo'ladi.

Kimdir oldinga o'tsa

Boshqa biznes sizdan ko'proq to'lasa, u oldinga o'tadi va siz bir pog'ona pastga tushasiz — ro'yxatdan chiqib ketmaysiz, to'lagan summangiz saqlanadi. Sizga bildirishnoma va email keladi: qaysi o'ringa tushganingiz va oldingi o'ringa qaytish uchun qancha qo'shish kerakligi.

To'lovlar qaytarilmaydi. Biznes tasdiqlangan holatda bo'lmasa yoki tarifi uzoq vaqt amalda bo'lmasa, o'rni bo'shatilishi mumkin.

Maqola foydali bo'ldimi?

O'xshash maqolalar

3

Javob topmadingizmi?

Qo'llab-quvvatlash xizmati ish kunlari bir ish kuni ichida javob beradi. Biznes egalari uchun alohida aloqa liniyasi bor.