Yordam markaziBiznes uchun

Tariflar va to'lovlar

Uch tarif — Start, Standart va Premium. Start va Standart 14 kunlik bepul sinov bilan boshlanadi, to'lov karta orqali.

Tariflar

Bepul biznes tarifi yo'q. Start — oyiga 99 000 so'm, Standart — 349 000 so'm, Premium — 999 000 so'm. Tariflar mahsulot, xizmat, filial, kassa, jamoa a'zolari, domen va media xotirasi limitlari hamda oylik AI javob va AI rasm hajmi bilan farq qiladi. Kassa, onlayn buyurtma, bron, keshbek, vakansiya va shtrix kodlar har bir tarifda bor.

3, 6 yoki 12 oyga birdaniga to'lasangiz — 5%, 10% yoki 20% chegirma. Joriy narx va limitlar doim xgo.uz saytida.

Bepul sinov

Start va Standart tariflarini 14 kun bepul sinab ko'rish mumkin. Sinov har bir biznesga va har bir egaga bir marta beriladi: biznesni o'chirib, yangisini ochish yangi sinov bermaydi. Pullik tarif amal qilayotganda sinovni boshlab bo'lmaydi.

To'lov qanday amalga oshadi

Bank o'tkazmasi bilan ham to'lash mumkin: so'rov yuboring, to'lov kelgach jamoamiz tarifni faollashtiradi. Tarif o'z-o'zidan uzaytirilmaydi va karta ma'lumotlaringiz saqlanmaydi.

  1. 1Kabinetning Tarif bo'limida tarif va muddatni tanlang.
  2. 2Karta raqami va amal qilish muddatini kiriting — Paylov kartangizga bog'langan raqamga SMS kod yuboradi.
  3. 3Kodni kiriting. To'lov tasdiqlangach, tarif darhol faollashadi.

Muddat tugaganda

Tugashdan 7, 3 va 1 kun oldin eslatma olasiz. Muddat tugagach 3 kunlik imtiyozli davr boshlanadi — hammasi ishlayveradi. Keyin kabinet cheklangan rejimga o'tadi: e'lon qilingan kontent ochiq qoladi va o'chirilmaydi, lekin yangisini qo'shib yoki tahrirlab bo'lmaydi, kassa esa faqat ko'rish rejimida ishlaydi.

Tarifni muddatidan oldin uzaytirsangiz, yangi muddat joriysiga qo'shiladi. Boshqa tarifga o'tganda yangi tarif darhol kuchga kiradi.

To'langan summalar qaytarilmaydi. Storylar tarif limitiga kiradi va alohida to'lanmaydi.

AI paketlari

Oylik AI javob yoki AI rasm hajmi yetmasa, alohida paket olish mumkin. Javoblar: 200 ta — 59 000, 900 ta — 249 000, 3 500 ta — 899 000 so'm. Rasmlar: 30 ta — 29 000, 150 ta — 129 000, 500 ta — 349 000 so'm. Paket to'lovdan keyin 90 kun amal qiladi va oylik hajm tugagach ishlatiladi; avval muddati yaqinroq paket sarflanadi.

Maqola foydali bo'ldimi?

O'xshash maqolalar

3

Javob topmadingizmi?

Qo'llab-quvvatlash xizmati ish kunlari bir ish kuni ichida javob beradi. Biznes egalari uchun alohida aloqa liniyasi bor.